Kovachich Italiyaga qaytishi mumkin

2 yanv 2019, 09:57
Uni “Inter” ortga qaytarishi mumkin.

Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli Mateo Kovachich “Inter”ga qaytishi mumkin. Milanliklar mabodo “Real”dan Luka Modrichni sotib ola bilmasa, u holda bor diqqat-e'tiborini Kovachichga qaratadi. Mateo esa o'z vaqtida aynan “Inter”dan “Real”ga o'tgandi. Hozirda u “Chelsi” sharafini ijara asosida himoya qilmoqda. Kovachich joriy mavsum London klubi safida 24 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transferi 35 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport