Kovachich: "Bunday startni istamagan edik"

Mirjalol Normatov
26 mar 2023, 15:15
Xorvatiya termasi futbolchisi Mateo Kovachich Evro-2024 saralashi doirasida Uelsga qarshi o'yin yakunlari borasida gapirdi.

Uchrashuvda xorvatiyaliklar 93-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga g'alabani qo'ldan chiqardi.

"O'yinni yaxshi boshladik, gol urib oldik va yana bir qancha gol urish uchun vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq sen o'z vaziyatlaringdan gol ura olmasang, o'z vaziyatlaringdan foydalana bilmasang... So'nggi daqiqada gol o'tkazib yubordik.

Bunday startni istamagan edik. Hali oldinda o'yinlar ko'p, yo'qotilgan ochkolar o'rnini qoplay olamiz", - dedi Kovachich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal