Kovach - mag'lubiyat haqida: "Unchalik norozi emasman"

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 18:57
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Dortmundning "Borussiya"sidan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Ha, biz mag'lub bo'ldik. Ammo jamoamiz yaxshi o'ynadi. Biz o'yinni nazorat qildik, ikkita xatomizdan raqiblar unumli foydalandi.

Biz tayyorgarlikning to'rtinchi haftasidamiz. Bu bizning ilk rasmiy o'yinimiz. Balki o'yin yuqori tempda o'tmagandir, ammo bu yigitlarimdan noroziman degani emas. Biz vaziyatlardan foydalana olmadik. Ammo "Borussiya"ga gol urish uchun imkoniyat yaratib berdik", - dedi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal