Kovach: "Bavariya"ning barcha futbolchisi o'ynashni xohlaydi va buning iloji yo'q ekanligini tushunishni istashmaydi"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 13:35
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Shalke-04"ga qarshi bo'ladigan Bundesliganing 4-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Chempionlar ligasidagi startdan mamnunmiz, biroq bu endi ortda qoldi. Bundesliganing vaqti keldi. "Shalke" bilan o'yinda "Bayer"ga qarshi bahsda to'xtab qolganidan boshlamoqchimiz. Oson bo'lmaydi, ammo g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

Hamma o'ynashni istaydi va buning iloji yo'q ekanligini tushunishni istashmaydi. Murabbiy sifatida hammasini oldindan rejalashtirib, tarkibda barqarorlik bo'lishini taminlashim lozim" - deydi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de