Koutino sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 iyun 2020, 20:59
Kataloniyaliklar futbolchisidan iloji boricha tezroq qutulmoqchi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yozda "Liverpul"ga qaytishi mumkin. "Ko'k-anorranglilar" braziliyalikni sotib olgan summasiga sotib yubormoqchi bo'lib turibdi. Ammo mersisaydliklar 28 yoshli futbolchini ijaraga olishmoqchi bo'lishmoqda. "Barsa" bunga ko'nmayapti.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Koutino "Liverpul"ga qaytish borasida Klopp bilan suhbatlashgani aytilgandi.

Ushbu mavsumda Koutino Bundesligada 22 o'yinda 8 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo