Koutino o'tgan yozda "Tottenxem"ga o'tishi mumkin edi

Alisher
18 dek 2020
"Barselona" vingeri Filippe Koutino o'tgan yozda APLga qaytishi mumkin.

27 yoshli braziliyalik futbolchini "Tottenxem" mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi edi, ammo "shporlar" raisi Daniel Levi ushbu transferga qarshi chiqqan.

Ispaniyada o'ynab keta olmagan Filippe Koutino yana Angliya Premer-ligasi qaytishni xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Filippe "Barselona"ga 2018 yilda "Liverpul"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport