Koutino Chempionlar ligasida "Liverpul" safida o'ynashdan bosh tortishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017, 14:41
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

Futbolchi klub rahbariyati uni "Barselona"ga sotmaganidan norozi va ularga qarshi ish qilishga qaror qildi.

Braziliyalik Tumanli Albionni tark etishga va yanvarda "Barselona"ga o'tishga umid qilmoqda. Agar hozir Koutino "Liverpul"da o'ynamasa, yangi jamoasida Chempionlar ligasi uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.

"Liverpul" Yevropaning eng nufuzli chempionatini "Maribor", "Spartak" va "Sevilya" bilan bir guruhda boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es