"Kosta-rikaliklarning xarakterini ko'rsatdik" - Keylor Navas

Sherzod Nurmatov
2 dek 2022
Kosta-Rika terma jamoasi darvozaboni Keylor Navas JCH-2022da Germaniyadan uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

"Birinchi o'yindagi (Ispaniyaga qarshi) 0:7 dan keyin qaytish oson emas. Maqsad amalga oshmaganidan xursand emasmiz, lekin bu juda yuqori daraja edi. 

Kosta-rikaliklarning xarakteri va mentalitetini ko'rsatdik. Keyingi bosqichga yo'l olishimiz uchun bir necha daqiqalar yetishmadi. 

Biz qilgan say-harakatlarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin. Kosta-Rika ketma-ket uchinchi Jahon chempionati uchun kurashayotganidan ham faxrlanamiz. Mamlakat o'sishda davom etishi uchun bizga shunday o'yinlar kerak", – dedi Navas.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe