Kosovo va Gibraltar FIFAga qabul qilindi

Narzulla Saydullayev
14 may 2016
Kosovo Mexikodagi FIFA kongressida tashkilot a'zosiga aylandi.

Shunday qilib, Kosovo FIFAning 210-a'zosi sifatida qabul qilindi. Mamlakat 141ta ovoz oldi. 23 mamlakat esa bunga qarshi bo'lib ovoz berdi. Eslatib o'tamiz, Kosovo UEFAga qabul qilingan edi.

Mexikodagi kongress chog'ida Gibraltar futbol Federatsiyasi FIFAga qo'shildi. Bunga rozi bo'lib 172ta mamlakat ovoz berildi, 12 davlat esa bunga qarshi bo'ldi. Shu tariqa, Gibraltar FIFAning 211-a'zosiga bo'ldi. Gibraltar UEFA a'zosi hisoblanadi va Evro-2016 saralashida ishtirok etgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com