Zair-Emeri uchun Gibraltarga qarshi o'yin "og'ir keldi"

Mirjalol Normatov
19 noya 2023, 14:33
Hujumchi Uorren Zair-Emeri 2023 yilda maydonga tushmaydi.

Gibraltarga qarshi o'yinda Fransiya termasida debyutini o'tkazib, ushbu asrda termaning eng yosh futbolchisi bo'lgan futbolchi 16-daqiqada raqib postini ishg'ol qildi.

Biroq u 20-daqiqada to'pig'idan jiddiy jarohat olib, maydonni tark etdi. Aytilishicha, u PSJ ixtiyoriga qaytadi va ushbu yilda maydonga tushmaydi. Uorren Fransiya chempionatida "Monako", "Gavr", "Nant", "Lill" va "Metc", shuningdek, YCHLda "Nyukasl" va "Borussiya" D jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Ushbu mavsumda Zair-Jmeri PSJ tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 2 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe