Unda Namangan viloyatining ikki vakili Uychining "Xotira-79" jamoasi Kosonsoyning "Kosonsoy" klubini qabul qildi. Vodiyda qo'shnilarning har galgi to'qnashuvi muxlislarda ham katta qiziqish uyg'otib kelgan. Ma'lum bo'lishicha 2:0 hisobida "Xotira-79" g'alaba qozongan o'yinga Kosonsoydan ham bir qator ashaddiy ishqibozlar Uychi tumaniga borishgan. Bugun shu ishqibozlardan biri biz bilan bog'lanib, "Paxtakor" stadionidagi mehmonlar uchun ajratilgan joydan futbol ko'rib qattiq ranjishganini ta'kidladi. O'zini Hamidullo deb tanishtirgan muxlisning aytishicha mazkur o'yinga Kosonsoydan 500 nafarga yaqin ishqiboz tashrif buyurgan. Ahamiyatlisi ularning har biri 3000 so'mdan chipta sotib olib stadionga kirishgan.
- Ishonasizmi, mehmonlarga ajratilgan joyda o'tirgani hattoki o'rindiq yo'q. Tik turgan holda, panjara va terak daraxtlari ortidan futbol ko'rishga majbur bo'ldik, - deydi kosonsoylik futbol muxlisi Hamidullo.
E'tiborlisi bu ishqiboz bizga fakt sifatida ramslarini ham jo'natdi.
Darhaqiqat, shaxsan o'zimiz ham o'tgan yili aynan Uychidagi stadionga borganimizda kosonsoylik muxlis aytganidek mehmonlarga ajratilgan joy yaxshi emasdi. Umid qilamizki mazkur "Paxtakor" stadioni mamuriyati va "Xotira-79" jamoasi mutasaddilari bu loqaydlikka keyingi turlarda chek qo'yadi.
Umuman aytganda, ushbu maqolamiz bilan "Xotira-79"ni tanqid qilmoqchi emasmiz. Faqat ularga yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarini bartaraf etishga turtki berishni lozim topdik. Tanqidni to'g'ri qabul qiladigan har qanday inson kamchiligini bartaraf eta olsa o'sishga erishishi aniq. Istardikka ushbu maqolani o'qigan boshqa klub vakillari ham stadionga kelayotgan ashaddiy ishqibozlar uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishadi. Zero futbol aslida ham muxlislar uchun. Shunday emasmi?!