Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 60 nafarga etdi

Tolibjon Qosimov
26 mar 2020, 06:07
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Shu soatgacha mamlakatimizda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshib, 60 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infekciya Istanbulda bo'lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Shuningdek, telegramdagi "Koronavirus Info" kanalida kecha kechqurun soat 23:13da "26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to'xtatiladi" degan xabar joylandi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Koronavirus Info. Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo'yilmoqda?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia