"Korintians" Patoni "Vilyarreal"ga sotadi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2016, 10:25
"Korintians" hujumchisi Aleshandre Pato faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradi.

Braziliya klubi ispaniyaliklarning 3 mln. evrolik taklifini qabul qildi. Shunday qilib, "Vilyarreal" futbolchining 60%lik transfer huquqini sotib oldi, qolgan 40% Patoning o'ziga tegishli. "Korintians" sobiq prezidenti Andres Sanches bu ma'lumotni tasdiqladi.

26 yoshli Pato oldingi mavsumni "Chelsi"da ijarada o'tkazdi. U Premer-liganing 2 uchrashuvida 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GloboEsporte