"Ko'rinmay qolgan" Joau Feliksga 4 ta klub da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
25 apr 2025, 19:56
"Chelsi" hujumchichi Joau Feliks yozda klubini almashtirishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchiga "Vulverxempton", "Betis", "Benfika" va "Vest Xem" qiziqmoqda.

25 yoshli futbolchi bugungi kunda ijara asosida "Milan"da to'p tepmoqda. 

Feliks ushbu mavsum "Milan" libosida 15 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/deadlinedaylive