Konte: “Sanches “Inter”da tasodifan paydo bo'lib qolgani yo'q”

2 iyul 2020, 09:22
“Inter” ustozi Antonio Konte “Breshiya”ga qarshi bahsdan so'ng (6:0) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Jamoam o'yinidan ham, natijadan ham qoniqdim. Eng katta plyus shundaki, darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Aleksis Sanches? U tasodifan “Inter”da paydo bo'lib qolgani yo'q. Sanches yaxshi jismoniy holatiga ega bo'lib bormoqda. U Angliyada hurmat qilingandagi kabi futbolchi bo'lishni xohlamoqda. Aleksis to'g'ri yo'lda. U juda yaxshi o'yin o'tkazdi”, - deydi Konte.

Sanches “Breshiya”ga qarshi bahsda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Интер” расмий сайти