Konte "Real"ga ilk navbatda MYU futbolchisini transfer qiladi

Mirjalol Normatov
29 okt 2018, 19:25
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Real"ga o'tishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, buning uchun italiyalik mutaxassis Ispaniya grandi boshqaruvini o'z qo'liga olishi kerak.

Bunga qadar bir necha marta aytilganidek, Pogba bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan janjallashib qolgani uchun jamoani tark etishi aytilgandi.

Konte esa "Real" bilan muzokaralarda ushbu holatdan foydalanib qolish kerakligini bildirgan. Bunga qadar Pogba va Konte "Yuventus"da faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato