Konte: "MYU ham turnirni yutishni maqsad qilgan"

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020, 12:34
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning ushbu mavsum Yevropa ligasidagi maqsadi haqida gapirdi.

"Sovrinni yutishni maqsad qilganmiz, albatta. Biroq bizdan tashqari "Manchester Yunayted"ga ham Yevropa ligasi tituli kerak. Shu sababli sovrinni yutish juda qiyin bo'ladi.

Yigitlarga qo'ldan kelgancha yaxshiroq o'ynash kerakligini aytyapman. Mavsum juda og'ir o'tyapti. Hatto 1/8 finalda "Xetafe" bilan o'yin ham qiyin bo'ladi. Raqib 10 kishi bo'lib himoyalanib, kurashishga bermasligi mumkin", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia