Konte: "Lukakuni olib kelish uchun vaqtimiz etarlicha"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 17:58
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte o'z jamoasi tarkibida Romelu Lukakuni ko'rishni istayotganini aytib o'tdi.

"Lukaku - MYU futbolchisi. Ammo biz hozirda uning transferi borasida ishlayapmiz. Uni jamoamizga olib kelish uchun vaqtimiz etarlicha. Transfer oynasi yaqin kunlarda yopilmaydi.

Aytganimdek, klubga ishonaman. Hozirgi paytda eng asosiysi - o'z futbolchilarimning harakatlaridan mamnunman", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com