Konte: "Juda qiyin vaziyatda ham jamoada bo'lishni istardim, ammo bu boshqacha holat edi"

Mirjalol Normatov
14 fev 2023, 21:10
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte o't pufagidan operaciya bo'lgani haqida gapirdi.

"Albatta, jamoamdan yiroqda bo'lish qiyin bo'ldi. Bunday paytda bor mas'uliyat bosh murabbiyga yuklanardi. O'zimda ham jamoam yonida bo'lish, har qanday holatda ham ular bilan yonma-yon turishni istagandim.

Biroq bu boshqa holat edi. Hozir esa o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ha, 100 foizga tayyor emasman, ammo tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Men uchun jamoada bo'lish, ayniqsa qiyin holatda ular bilan ishlash ayniqsa muhim", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports