Konte: "Inter" barcha imkoniyatlarga ega bo'ldi, biroq gol urishni uddalay olmadi"

Mirjalol Normatov
7 dek 2019
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 15-turi doirasida "Roma"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Gol urishga majbur edik. Chunki buning uchun barcha imkoniyatlarga ega chiqdik. Jamoamiz pressing va bosim orqali raqibni o'z jarima maydonchasi ichida ushlab turdi. Agarda "Roma" darvozasi oldidagi vaziyatlarda sovuqqon bo'lganimizda uch ochkoga ega chiqardik.

"Roma" darvozaboni bugungi uchrashuv qahramoniga aylandi. Qaytaraman, bugun "Inter" gol urish uchun barcha imkoniyatlarga ega chiqqandi", - dedi Konte.

"Inter" ayni damda 38 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, "Roma" esa 29 ochko bilan 4-o'rinda ketmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia