Konte: "Hatto fentezi-futbolda ham Messi "Inter"ga o'tmaydi"

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020, 17:31
Argentinalik futbolchi "neradzurri"lar a'zosiga aylanmaydi.

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchi Leo Messining 2021 yil yozida "neradzurri"lar tarkibiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi.

"Messining "Inter"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlar yolg'on. Bunday xabarlarga ishonmang. U hattoki fentezi-futbolda ham "Inter"ga o'tmaydi", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia