Konte: “Fatining golini ko'rish biz uchun judayam og'ir bo'ldi”

11 dek 2019, 08:11
“Barselona”ga mag'lub bo'lib YCHLda pley-offga chiqa olmagan “Inter” ustozi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bizda vaziyatlar bo'ldi. Ularni yaratdik, ammo foydalana olmadik. O'yinchilarga nisbatan hech qanday etirozim yo'q. Ularda maydonda borini berdi. Bizga shunchaki gol yetishmadi. Gol urish o'rniga o'tkazib yubordik. Bu esa bizni “o'ldirdi”. Fatining golini ko'rish juda ham og'riqli bo'ldi. Bu gol bizni shunchaki “ko'mib qo'ydi”. Bosim qildik, vaziyatlar sodir qilib, olg'a bordik. Men shunchaki “San Siro”da butun o'yin davomida bizni qo'llab-quvvatlab ajoyib atmosfera hosil qilgan muxlislar uchun afsusdaman. Hammasi boshqacha tugashi kerak edi. Ushbu guruhda ko'prog'iga loyiq edik. Shu bilan birga katta tajriba to'pladik. Guruhdan chiqishni xohlagandik, shuning uchun hozir hafsalamiz pir bo'ldi. Ammo men o'yinchilarga boshlarini quyi solmasliklarini so'radim”, - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com