Konte dunyodagi to'rtinchi murabbiyga aylandi

Narzulla Saydullayev
13 may 2017, 07:59
Chelsi ustozi Antonio Konte Angliyadagi debyut mavumidayoq klubni chempion qila oldi.

47 yoshli italiyalik bunday natijaga erishgan to'rtinchi murabbiyga aylandi. Joze Mourinyo (Chelsi 2003/04), Karlo Anchelotti (Chelsi 2009/10) va Manuel Pellegrini (Manchester Siti 2013/14) kabi mutaxassislar ham ilk mavsumda o'z klublari bilan chempion bo'lishgandi.

So'nggi 8 mavsumda premer-ligada to'rt bor italiyalik murabbiylar g'olib bo'lishmoqda. Kontedan oldin Karlo Anchelotti (Chelsi 2009/10), Roberto Manchini (Manchester Siti 2011/12) va Klaudio Raneri (Lester 2015/16) kabi italyanlar chempion bo'lishgandi.

Bu chempionlik sovrini Konte klub faoliyatidagi ketma-ket to'rtinchi mavsumdagi to'rtinchi g'olibligi bo'ldi. U Yuventus bilan uch marta (2011/12, 2012/13 va 2013/14) chempion bo'lgan va keyin Italiya terma jamoasida faoliyat olib bordi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe