

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis ko'klarni sudga bermoqchi. Kontening asosiy davosi uni kech iste'foga chiqarishganida. Advokatlarning fikricha, mutaxassis yangi mavsum boshlangunga qadar ish joyi topa olmasligi mumkin. Murabbiy sudda "Chelsi"dan 9 mln. evro undirib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 13 iyul kuni "Chelsi" Kontening ketgani haqida rasman e'lon qildi. Keyingi kun "ko'klar" Mauricio Sarri bilan shartnoma imzolashdi.



