Konte "Chelsi"ga shogirdini taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017
"Yuventus" yarim himoyachisi Klaudio Markizio "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

Ko'klar ustozi Antonio Konte 31 yoshli futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. Ikkisi "Yuventus" va Italiya terma jamoasida birga ishlashgan.

O'tgan yilning aprel oyida Markizio tizzasidan jarohat olib, Yevropa chempionatini o'tkazib yuborgan edi. Oyoqqa turgan futbolchi "Yuventus"ning asosiy tarkibidan joy ola bilmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaxshi taklif tufayli yarim himoyachi klubini o'zgartirishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica