Konte: “Bunday g'alabalar 9 ochko demakdir, “Inter” 95 foizga Skudetto g'olibi”

Eldor Akmurzayev
25 apr 2021
Italiya chempionati 33-turidan o'rin olgan “Inter” – “Verona” bahsi (1:0)dan keyin mezbonlar ustozi Antonio Konte o'z fikrlarini aytdi.

“Mavsumni yutish uchun futbolchilarni g'olibga aylantirish kerak. Boshqa jamoalar ochko yo'qotayotganini ham unutmaslik lozim. Stabil o'ynadik. Bazi o'yinlar qiyin o'tmoqda, ammo to'liq kuch bilan oldinga ketmoqdamiz.

Darmianning golini nishonlaganimiz? Buni tushuntirish oson. Skudettoni yutish uchun 95 foiz imkonimiz borligini angladim. Hali titulga ega chiqmadik, ammo bu muhim g'alaba edi. Bunday g'alabalar 9 ochko demakdir”, deydi Konte.

“Neradzurrilar” A Seriya jadvalida 79 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin taqibchilar “Milan” va “Yuventus” hisobida esa 66 ochkodan bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia