Konte A Seriyada 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2022, 07:38
"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyada 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.

Bu haqida Italiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti e'lon qildi. 

Konte "Oltin o'rindiq" sovrinini oldi. U 20 ochko to'plab, birinchi o'rinni egalladi. 

52 yoshli mutaxassis mazkur sovrinni rekord - 6-marotaba qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni 19 ta ovoz to'plagan "Milan" murabbiyi Stefano Pioli egalladi. Kuchli uchlikka esa 6 ochko to'plagan "Atalanta" murabbiyi Jan Pero Gasperini yakun yasadi. 

O'tgan mavsumda "Inter" Konte boshchiligida Italiya chempioni bo'lgandi. Ushbu mavsumda esa murabbiy "Tottenxem"ni boshqarmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia