Konseysau: "Portu" "Lion"ga qarshi to'qnashuvni "Dragau"dayoq yutqazgan edi"

Alisher
18 mar 2022, 10:38
"Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau jamoaning Yevropa Ligasidan chiqib ketgani haqida gapirdi.

Kecha Fransiyada bo'lib o'tgan "Lion"ga qarshi 1/8 final javob o'yini 1:1 hisobida yakunlandi. "Ajdarlar" o'z uylarida 0:1 hisobida yutqazishgan edi.

"Kim o'yinni yaxshiroq boshlagan bo'lsa, o'sha kerakli natijaga erishdi. Uyda biz yutqazdik, ammo bugun aqlli o'yin o'tkazdik va bahsni qo'shimcha vaqtlargacha olib borishimiz mumkin edi. O'yinchilarni tabriklayman. 

Biz to'qnashuvni bu yerda emas, "Dragau"dayoq yutqazgan edik", - deydi Konseysau.

O'xshash yangiliklar

AlisherMuallif
Manba: uefa.com