KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Mezbon Kosta-Rika kutilmaganda mag'lub bo'ldi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2019, 23:15
KONKAKAF-2019 Oltin Kubogining so'nggi turi doirasida B guruhida Bermud orollari Nikaraguadan ustun (2:0) kelgan bo'lsa, Kosta-Rika kutilmaganda Gaitiga imkoniyatni boy (2:1) berdi.

Shu tariqa, mazkur kvartetdan keyingi bosqichga Gaiti peshqadam bo'lib, Kosta-Rika esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Kecha A guruhidan Meksika hamda Kanada termalari chorak final yo'llanmasini ijobiy hal etgandi. 

Toshkent vaqti bilan, 25 iyun erta tongda C guruhidan o'rin olgan Yamayka – Kyurasao (soat 05:00 bosh.) hamda Gonduras – Salvador (07:00) bahslari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, guruh bosqich o'yinlari 26 iyun o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia