Bu suratlarda asosan boldir hamda tovon suyaklarini sindirib olgan futbolchilar anashu oyoqlari singan holatdagi suratlari tasvirlangan edi.
Rostdan ham futbolchilargaham onson emas, 70-80 kilolik hamkasblari kata tezlikda yugurib ularga urilgan hamda oyoqlariga zarba bergan vaqtlarda chindan ham nafaqat futbolchilar balkim har qanday insonning ham anatomik skletlari odam tanimas ahvolga tushib qoladi bir gina boldir suyagining bitishi uchun eng kamida ikki, ikki yarim oy ketsa bir futbolchi boldir suyagini bitkazib yana futbol o'ynagunigacha sal kam yarim yil o'tib ketadi. Son suyagi sinsa undanda yomon.
Bu suratdagidek “Arsenal”,”Chelsi” futbolchilari maylikuya O'zbekiston birinchi ligasining o'rtamiyona jamoalarida 100 000 - 200 000 so'm oylikni 3-4 oyda bir olganliklariga ham shukur qilib o'ynayotgan futbolchilarchi? Mana Dmitriy Kraevni olaylik uni suyagi sinmadi, miyasida muammo paydo bo'ldi.
Erta-indin Rossiyaga borib operaciya bo'lib qaytar, ammo tasavvur qiling birinchi ligada o'ynayotgan klubi yo'lkirasiga pul topolmayotgan “Orol” yoki “Oq-Tepa” klubining yoki maktab stadionida o'ynaydigan “Atlaschi” yoki “Qo'qon-1912”ning a'zosi oyog'ini sindirib olsa uning ana shu 2-3 oylik eb ichishi, oilasining ro'zg'ori, o'zining to'shakka mixlangan vaqtdagi parvarishi nima bo'ladi?
“Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” klublari o'z futbolchilarini kerak bo'lsa Germaniyaga oborib davolatib kelishmoqda. Ammo ko'plab boshqa jamoalar o'zlarining jarohat olgan futbolchilarini Viloyatdan Toshkentga olib kelib operaciya qildirishgaham qodir emaslar, mana o'tgan yili men “Neftchi”ning o'rinbosarlar jamoasi a'zosi bilan kasalxonada tanishib qoldim. Aytishicha “Neftchi” klubi u jarohat olganidan so'ng uni davolanishi uchun pul ajratish u yoqda tursin hattoki gaplashishni ham istashmabdi. Uyidagi jamg'arib qo'ygan pullarini yig'ib qars-qurs bilan kelib oyog'ini operaciya qildirib ketgan edi sho'rlik. Jarohatini tuzatganidan so'nggina yana boshqa jamoa mashg'ulotlariga borib shartnoma tuzib faoliyatini davom ettira oldi. Puli yo'qlarchi?
O'rinbosarlar safida o'ynab jarohat olib 18-20 yoshidayoq faoliyatini yakunlashga majbur bo'layotganlar bizda juda ko'p shunchaki ularni hech kim tanimasidanoq faoliyatlarini yakunlashmoqda. Menimcha biz istedodlarni aynan anashu yoshlik vaqtlarida jarohat olgan vaqtlarida yo'qotmoqdamiz. Dmitriy Kraevga nisbatan bildirilgan fikrga bir qo'shimcha qilmoqchiman. Meni nazarimda PFL anashu jarohatlangan ammo davolanishga pullari yo'q futbolchilar uchun bir Fond tashkil qilishlari zarur hech bo'lmasam anashu jarohat olgan futbolchilar Toshkentdagi biron kasalxonada davolansinlar. Yoki ana shu yil boshida nima uchun yig'ilishi noma'lum bo'lgan 70 000 000 - 100 000 000 so'mlik badal pullarining bir qismi ana shu jarohatlangan ammo davolana olmayotgan futbolchilarning sog'liqlarini muhofaza qilish uchun ochilgan jamg'arma hisob raqamiga o'tkazilsa juda yaxshi bo'lar edi. O'ylaymanki o'z fikrimni sizlarga etkazib bera oldim. E'tibor uchun rahmat.
Hurmat bilan Bek