Konferenciyalar ligasi saralashi. Bugun Sergeev harakat qilayotgan “Tobol” safarda o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
4 avg 2022, 08:00
Bugun, 4 avgust kuni Konferenciyalar ligasi 3-saralash raundi o'yinlari davom etadi.

Igor Sergeev harakat qilayotgan Qozog'istonning “Tobol” jamoasi safarda Bosniya va Gertsegovina vakili “Zrinski Mostar”ga qarshi to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.

Ma'lumot o'rnida, ushbu ikki jamoa 2010 yil Yevropa Ligasi saralashida o'zaro to'qnash kelgan va o'shanda bosniyaliklar ikkala o'yinda ham 2:1 hisoblarida zafar quchishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia