Kondogbia: "Pogba men uchun ukamdek, ammo 90 daqiqa davomida raqib bo'lamiz"
Aslanov Jasurbek
16 okt 2015, 14:16
"Inter" yarim himoyachisi Joffrey Kondogbia 18 oktyabr kuni "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Yuventus" bilan juda muhim o'yin kutib turibdi. Biz muxlislar uchun ba bahda g'alaba qozonmoqchimiz. Bu o'yinga jismonan va ruhan tayyor bo'lishimiz lozim.
Poga men uchun ukamdek, ammo 90 daqiqa davomida raqib bo'lamiz" - deydi fransiyalik.