
Xabarlarga ko'ra, nemis klubi futbolchini sotib olish bo'yicha rasmiy taklif bilan ham chiqqan. Yaqin kunlarda tomonlar futbolchi bo'yicha muzokara olib borishlari mumkin. Shartnomaning taxminiy bahosi 40 million evro bo'lishi kutilmoqda. Avval chiqqan xabarlarda Martinesga “Real” va “Napoli” klublari qiziqayotganligi haqida xabar berilgan edi.