Kolo Ture terma jamoaga qaytdi

“Arsenal” va Kot-d’Ivuar terma jamoasi sobiq himoyachisi Kolo Ture o'z mamlakati terma jamoasi bosh murabbiyiga yordam beradi.

36 yoshli Ture terma jamoa bosh murabbiyi Mark Vilmotsning ikkinchi yordamchisi sifatida ishlaydi. Shuningdek u mamlakat olimpiya terma jamoasini boshqarishda ham davom etadi. Bu haqda Kot-d’Ivuar futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar  tarqatdi.



Manba: championat.com