

Afrika qitasidagi saralash bosqichi o'yinlari yakuniga etdi. Bugungi bellashuvlar orqali ikki jamoa - Senegal hamda Kot-d’Ivuar 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Senegal jamoasi bugungi uchrashuvda Mavritaniyani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'z guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi va navbatdagi jahon chempionatiga yo'l oldi.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi esa Keniya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi. Bu natija ularni guruhda birinchi o'ringa olib chiqdi va 2014 yildan keyin ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini berdi.



