Kolo-Muani "Ayntraxt" bilan mashg'ulot o'tkazishni istamadi. U Parijda PSJning transferini kutmoqda

Administrator
30 avg 2023, 19:40
Futbolchi klubga ketish istagini ma'lum qilgan.

Randal Kolo-Muani "Ayntraxt" mashg'ulotlarida qatnashishni istamadi. Hujumchi klub rahbariyatiga jamoadan ketmoqchi ekanini ma'lum qilgan. 

"Biz Randalning haqiqiy yuzini ko'rdik. Hozir unda bosim yuqori, gap shundadir balki. Biz u va uning atrofidagi insonlarga bunday ish tutish noto'g'ri ekanligini ma'lum qildik. Uning xatti-harakatlari transfer siyosatimizga hech qanday tasir o'tkazmaydi. Bor e'tiborimiz keyingi uchrashuvga qaratilgan", -deydi "Ayntraxt" klubi sport direktori Markus Kreshe.

Ma'lum qilinishicha, Randal Kolo-Muani ayni damda Parij shahrida bo'lib, PSJ klubining transferni yakuniga etkazishini kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport