Kolashinac “Arsenal”dan ketadi

26 avg 2020, 09:23
Sead London klubiga kerak emas.

Qayd etilishicha, himoyachi Sead Kolashinac faoliyatini yana Germaniya Bundesligasida davom ettiradi. Futbolchi o'zining sobiq klubi “Shalke-04”ga qaytish arafasida turibdi. Ma'lum bo'lishicha, londonliklar ustozi Mikel Arteta himoyachiga kelasi mavsumda uning xizmatlariga ehtiyoji yo'qligini aytgan.

Kolashinacning “Shalke-04” safiga qaytishiga faqat bitta narsa xalal berishi mumkin. Bu ham bo'lsa futbolchi so'rayotgan maosh. Nemis klubi u so'rayotgan maoshni to'lay olmasligi mumkin. Biroq futbolchining asosiy tarkibda maydonga tushish istagi sabab bu transfer amalga oshishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild.de