Koku o'ziga Niderlandiyadan ish topdi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022
Niderlandiya terma jamoasi sobiq sardori Fillip Koku "Vitess" bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

U o'tgan haftada "Boxum"ga borib qo'shilgan Tomas Lechni almashtirdi.

Mutaxassis bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning so'nggi jamoasi "Derbi Kaunti" bo'lib, u klubni 2020 yilning noyabrida tark etgan.

Avvalroq Koku "Fenerbaxche" va PSV klublarini ham boshqargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Voetbalkrant.com