Koke ham Ronalduning so'zlariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2019, 11:30
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning so'zlariga javob berdi.

"Vanda Metropolitano" o'rtasida o'tkazilgan "matraschilar" hamda Turin jamoasi o'rtasidagi uchrashuv 2:0 hisobida yakun topdi. Bahsdan so'ng Ronaldu u besh marta Chempionlar ligasida g'olib bo'lganini, "Atletiko" esa bunday muvaffaqiyatga erishmaganini qo'li bilan ko'rsatdi.

"Men maydonda hech narsani ko'rganim yo'q. Balki u kimgadir salom yo'llagandir? Chempionlar ligasida 5ta g'alaba? Bu bilan uni faqat tabriklash mumkin. Boshqa hech narsa deya olmayman" - deydi Koke.

"Atletiko" prezidenti Ronalduning gaplariga javob qaytardi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com