Koke: "Ertaga xayotimdagi muxim o'yinlarimdan birini o'tkazaman"

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2014, 21:08
Atletiko yarim himoyachisi Koke Chelsiga qarshi o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Chempionlar ligasining yarim finalida jamoam bilan birga o'ynash orzuim edi. Ushbu o'yinda ishtirok etish, men uchun shubxasiz katta tajriba bo'ladi.

Ertangi o'yinda muxlislar ko'p narsani xal qiladilar.

Torres doimo meni qoyil qoldirib kelgan. Muxlislarimiz xam uni yana ko'rishdan xursand bo'lishlariga ishonaman. Torresga barcha-barcha yaxshi tilaklarimni tilayman. Faqat ertangi o'yinda emas.

Ertangi o'yin hayotimdagi muhim o'yinlardan biri bo'lishiga ishonaman. Bor diqqat e'tiborimizni ushbu o'yinga qaratganmiz, – deb aytib o'tdi Koke.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia