Koke: "Atletiko"da butunlay qolishni xohlardim, ammo futbolda har narsa bo'lishi mumkin

28 yanv 2015, 01:57
Atletiko yarim himoyachisi Koke o'zining kelajagi xususida aniq bir gap aytolmasiligini bildirib o'tdi.
Boshqa jamoalardan bo'layotgan takliflar va bu haqidagi mish-mishlarni to'g'ri qabul qilaman. Meni "Atletiko"da barchasi qoniqtiradi va bu yerda futbolchi sifatida jamoa bilan birga o'sishga erishmoqdaman.
Men o'zimga yangi jamoa qidirayotganim yo'q. Menga Madrid yoqadi va "Atletiko" libosida harakat qilayotganimdan xursandman. Menga qolsa "Atletiko"da butunlay qolgan bo'lardim. Ammo futbolda nima bo'lishini aytib bo'lmaydi.
Shuni aytishim mumkinki, o'yinim klubdagilarni qanoatlantiradigan bo'lsa, unda hali ko'p yillar mobaynida "Atletiko" uchun o'ynayveraman.

Manba: sports.ru