Klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo'yicha fikr almashildi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026, 11:16
Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ishtirokida sport federatsiyalari va professional futbol klublarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

"Yig'ilish davomida mamlakatimizda sport federatsiyalari boshqaruvini zamonaviy tizim asosida takomillashtirish hamda professional klublar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. 

Xususan, ushbu yo'nalishga xususiy sektorni keng jalb etish, homiylik mexanizmlarini takomillashtirish, klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish hamda yangicha moliyaviy tizimni joriy etish bo'yicha fikr almashildi.

Shuningdek, klublar boshqaruvida shaffoflikni oshirish, samaradorlikni kuchaytirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish muhim ekani takidlandi", – deyiladi O'FA xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати