Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun “Real” Afrikaning eng nomdor klubiga qarshi o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
8 fev 2023, 08:25
Bugun, 8 fevral kuni Marokashda boshlangan 19-jahon chempionatining ikkinchi finalchisi aniqlanadi.

Unda YCHL amaldagi g'olibi “Real” hamda Afrika futbol konfederatsiyasi chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum finalchisi “Al Ahli” o'zaro bahs olib boradi. 1/2 finalning mazkur bahsi 23:59 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu juftlik g'olibi finalda “Al Hilol” bilan o'ynaydi, mag'lub jamoa esa “Flamengo” bilan 3-o'rin uchun bahslashadi.

Klublar o'rtasidagi mundialning hal qiluvchi uchrashuvi 11 fevral kuni Rabotdagi Mulay Abdulla nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.

Karlo Anchelotti quyidagi futbolchilarni muobaqaga olib kelgan:

Darvozabonlar: Lunin, Lopes, Kanisares.

Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Valexo, Nacho, Odriosola, Ryudiger, Marvel.

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Sebalos, Martin, Arribas.

Hujumchilar: Asensio, Vinisius, Rodrigo, Mariano.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia