Klublar o'rtasidagi jahon chempionati-2020'ga qur'a tashlandi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2021, 21:00
Marosim bugun Shveytsariyaning Cyurix shahrida bo'lib o'tdi.

Qatarning Ar Rayyan shahrida o'tadigan klublar o'rtasidagi mundial fevralda o'tkaziladi. YCHL o'tgan mavsum g'olibi “Bavariya”ning yarim finalidagi raqibi “Al Duhayl” (Qatar) – “Al Ahli” (Misr) bahsidan keyin aniqlanadi.

Mezbon “Al Duhayl” ilk bosqichda “Oklend Siti” (YA.Zelandiya) bilan o'ynashi kerak edi. Biroq, Okeaniya chempioni mamlakatdagi COVID-19 bilan bog'liq cheklovlar tufayli musobaqada qatnashmaydigan bo'ldi.

1/4 final juftliklari, 4 fevralda o'tkaziladi:

Birinchi o'yin: “Al Duhayl” (Qatar) – “Al Ahli” (Misr)

Ikkinchi o'yin: “Tigres” (Meksika) – "Ulsan Xyunday" (J.Koreya)


1/2 final juftliklari:

7 fevral: Libertadores Kubogi g'olibi (“Palmeyras” yoki ”Santos”, 30 yanvarda ma'lum bo'ladi) – ikkinchi o'yin g'olibi

8 fevral: “Bavariya” (Germaniya) – birinchi o'yin g'olibi

Hal qiluvchi bahs esa 11 fevralga rejalashtirilgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FIFAcom