Klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2016, 14:54
Bugun 2016 yilning dekabr oyida klublar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga qur'a tashlandi.


Turnirning ilk o'yini 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi, chorak final bahslari 11 dekabrda o'tkaziladi. Yarim finallar 14 va 15 dekabr kunlariga belgilangan. 18 dekabr kuni 3-o'rin uchun va final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ayni damda ushbu turnirda ishtirok etishi aniq bo'lgan jamoalar nomi:

"Real" (Yevropa Chempionlar ligasi g'olibi), "Atletiko Nasonal" (Libertadores kubogi sohibi), "Amerika" (Shimoliy Amerika Chempionlar ligasi g'olibi), "Oklend Siti" (Okeaniya Chempionlar ligasi g'olibi).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia