Klopp yo Gvardiola? Levandovski sevimli murabbiyini tanladi

Eldor Akmurzayev
4 avg 2020, 19:28
"Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski ESPN bilan o'tkazilgan Instagram'dagi jonli efirda bu haqda ma'lum qildi.

“Sevimli murabbiyim? O'ylamoqdaman… Yurgen Klopp. Undan keyin esa – Xosep Gvardiola. Yuz foizga.

Kloppning 2 jihati bor. Bir tarafdan u xuddi otadek, boshqa tomondan esa u murabbiy va menejerga o'xshaydi. U sizga barchasi haqida aytib berishi mumkin, nafaqat yaxshi narsalar haqida. U futbolchilar uchun zo'r motivatordir. Yurgen bu jabhada juda yetakchi, chunki u o'yinchining ko'ngliga qanday qilib yo'l topishni yaxshi o'zlashtirgan. U ajoyib mutaxassis, shuning bilan birga ajoyib inson ham hisoblanadi”, deya aytgan polshalik forvard.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN