Klopp: "Trent himoyalanishni bilmaydi, degan odamni urib yuborgim keladi"

Sherzod Nurmatov
17 mar 2022, 20:43
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o'yini haqida gapirdi.

"U Gabriel Martinelli bilan kurashda yaxshi harakat qildi. Trent himoyalanishni bilmaydi, degan odamni urib yuborgim keladi. Bu yigit bundan ortiq yana nima qilsin, hayronman", – dedi Klopp.

"Liverpul" chorshanba kuni APLning 27-turidan o'rin olgan o'yinda "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Trent joriy mavsumda "qizillar" safida 35 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC