Klopp "Siti" bilan o'yinda VAR tizimi bo'lmaganidan mamnun emas

Mirjalol Normatov
23 dek 2022, 20:18
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Liga Kubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda VAR tizimi ishlatilishi kerakligini aytdi.

"O'yin boshida Xolandda bo'lgan vaziyatda offsayd bor edi. Sezmay qoldingiz-a? Offsayd bo'lgandi. Buni sizlarga aytyapman. Bu butun bir o'yinga o'z ta’sirini o'tkazdi. U yerda offsayd bor edi, biroq bayroq ko'tarilmadi.

Hakamlar VAR tizimiga o'rganib qolishdi. Bir qancha vaziyatlarda ular VARni kutishgani va ortdan qo'shimcha yordam kerakligi sezilib qoldi. Hakamlar bir qancha offsaydlarni o'tkazib yuborishdi. Ammo buni murabbiylar ko'ra olishmaydi, chunki biz takroriy lavhani kuzatmaymiz.

Deyarli barcha turnirlarda VAR bor, APLda ham. Ammo nima uchun bunday o'yinlarda VAR ishlatilmaydi. Tushunaman, VAR tizimini kubok doirasidagi o'yinlarda ishlatish qiyin. Ammo "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin uchun bu texnologiyani ishlatsa bo'lardi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal