

“Salohni unchalik yaxshi tanimaydiganlar ham Muhammad ishtirokidagi videorolikni ko'rgan bo'lishsa kerak. U yaxshi tezlikka ega bo'lgan fantastik futbolchi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, yaxshi ijrochilar yig'ilgan tarkibimizning ayrim kamchiliklarini to'ldirishga qaror qilgandik. Gap tezlik haqida borgan va biz hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlay oladigan ham vaziyatlarni yarata oladigan futbolchini izlagandik. Muhammad esa bu vazifani a'lo darajada uddalay oladi. Men u bilan ishlashni istayapman”, deydi germaniyalik mutaxassis.



