

"Ushbu dam olish kunlarigacha o'yinni qayta ko'rmagandim. Va nima uchun ekanligini darhol tushundim. Bu haqiqiy qiynoq bo'ldi, chunki biz yaxshi o'ynagandik va uchrashuvda g'alaba qozona olardik. "Real" qanchalik tajribali ekanligini o'shanda ko'rishingiz mumkin edi. Ular o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotmaydi, imkoniyatlar izlaydi va chuqur himoyalanadi.
Hozir o'ynashimizdan xursandman. To'rt hafta oldin hammasi boshqacha bo'lardi. Men o'z o'yinimizga e'tibor qaratamiz, chunki bu boshqa musobaqa. Umid qilamanki, ijobiy natijaga erisha olamiz, ammo bu natijaga erishish uchun yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak. Agar eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmasak, imkoniyat qolmaydi. "Real" bor kuchi bilan o'ynamasligi mumkin, lekin ularda g'alaba qozonish uchun imkon bor. Farq ana shunda", – dedi Klopp.
"Liverpul" – "Real" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.



